Tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
2026-06-23 11:20:00 / Yangiliklar

23.06.2026
#qabul
#oltinsoy
📌 Tuman hokimi o‘rinbosari tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi
Oltinsoy tumani hokimining o‘rinbosari Shavkat Mo‘minov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul tashkil etildi.
Qabul davomida aholi tomonidan ijtimoiy soha, bandlik, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Ochiq muloqot va munozaralarga boy tarzda o‘tgan qabulda har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda ijobiy yechim topishga qaratilgan bunday qabullar muntazam davom ettiriladi.
🇺🇿🇺🇿Oltinsoy tumani hokimligi Axborot xizmati 🇺🇿🇺🇿
📱telegram🌎oltinsoy.uz|📱Facebook|📱Youtube |📱Instagram




