Viloyatimizning barcha hududlarida IT sohasini jadal rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, yangi markazlar tashkil etilmoqda
2026-07-02 16:10:00 / Yangiliklar
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Oltiariq tumanidagi IT markaz faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Viloyatimizning barcha hududlarida IT sohasini jadal rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, yangi markazlar tashkil etilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Oltiariq tumanidagi IT markaz faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Bugungi kunda mazkur zamonaviy maskanda 100 nafarga yaqin o‘g‘il-qizlar kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika hamda grafik dizayn yo‘nalishlarini o‘rganmoqda. Shu yerda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yo‘nalishidagi ishlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tildi.
—
