OAV vakillari uchun “TOSHKENT CONCH CEMENT” MCHJ QKga press-tur tashkil etildi
2026-04-07 18:10:00 / Press-tur

Ohangaron tumanida investitsiya, sanoat va savdo yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazish, hududdagi yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yaqindan yoritish maqsadida, joriy yilning 7-aprel kuni ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “TOSHKENT CONCH CEMENT” MCHJ QKga press-tur tashkil etildi.
Press-tur davomida jurnalistlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, mahsulot sifati va korxonada amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan batafsil tanishdilar. Shuningdek, ishtirokchilarga korxonada yaratilgan ish o‘rinlari, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida ma’lumotlar berildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur korxona tuman iqtisodiyotida muhim o‘rin egallab, qurilish materiallari, xususan, sement ishlab chiqarish sohasida yetakchi subyektlardan biri hisoblanadi. Press-tur jarayonida OAV vakillari korxona rahbariyati bilan muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.




