“TOSHKENT CONCH CEMENT" MCHJ QKda tashkil etilgan press-tur haqida PRЕSS-RЕLIZ
2026-04-07 18:05:00 / Press-relizlar

Ohangaron tumanida investitsiya, savdo va sanoat yo‘nalishida amalga oshirilayogan islohotlar yuzasidan “TOSHKENT CONCH CEMENT" MCHJ QKda tashkil etilgan press-tur haqida PRЕSS-RЕLIZ
2026-yilning 7-aprel kuni Ohangaron tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan tumanda investitsiya, savdo va sanoat yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarni keng yoritish maqsadida, ommaviy axbort vositalari uchun “TOSHKENT CONCH CEMENT" MCHJ QKga press-tur uyushtirildi.
Mazkur yo‘nalishda Ohangaron tumanida joriy yilning 1-choragida ijobiy natijalarga erishilgan.
Jumladan, investitsiya dasturiga asosan chorak davomida hududiy loyihalar doirasida 47,2 mln dollar xorijiy investitsiyalar (o‘sish – 126 foiz) o‘zlashtirildi.
Shundan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 47,2 mln dollar (126 foiz).
Shuningdek, 2 ta loyiha ishga tushirilib, 190 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Misol uchun, Ohangaron tumanida "Ahangaranskiy Trubniy Metallurgicheskiy Zavod" MCHJ QK tomonidan qiymati 13,4 mln dollar bo‘lgan “Keng turdagi metall quvurlarni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi doirasida 180 ta ish o‘rni yaratildi. Quvvati yiliga 190 ming tonna issiqkatan po‘lat mahsuloti, shundan issiqkatan shtrips – 150 ming tn, po‘lat slyab - 40 ming tn.
2026 yil 1-chorak davomida eksport hajmi 39,0 mln dollarni tashkil etdi (o‘sish – 101 foiz). (Sanoat 35,5 mln. dollar va meva-sabzavot 3,5 mln. dollar mahsulotlari.
Misol uchun: o‘tgan yilga nisbatan elektrotexnika 1,3 mln.dollar, 0,7 mln.dollar, oziq-ovqat va yengil sanoat mahsulotlari 0,9 mln. dollarga oshgan).
Mazkur yo‘nalishda 2026 yil yakuniga qadar amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar.
Investitsiya dasturiga asosan hududiy loyihalar doirasida 230,0 mln dollar investitsiyalar o‘zlashtirilishini ta’minlash (o‘sish – 125,2 foiz). Jumladan:
to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar 230,0 mln dollar (shundan, III chorakda 65,0 mln dollar,
IV chorakda 60,0 mln dollar);
Shuningdek, 29 ta loyiha ishga tushiriladi va 1 379 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Misol uchun, "RICOMEL BEVERAGES" MCHJ korxonasi tomonidan qiymati 24,0 mln dollarlik “Meva sharbatlarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi doirasida 300 ta ish o‘rni yaratiladi.
160, mln. dollar eksportni ta’minlash (o‘sish – 123 foiz).
Jumladan, III chorakda 45,0 mln dollar, IV chorakda 40,0 mln dollar eksportni ta’minlash (elektrotexnika
1,5 mln. dollar, to‘qimachilik 1,2 mln. dollar va meva-sabzavot mahsulotlari 1,3 mln. dollar)
Mahalliylashtirish dasturida 2 ta loyiha tomonidan 42 mln dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqariladi.
Davlat xaridlarida 35 foiz qismi “mahalliy kontent” tomonidan yetkazib berish orqali importni optimallashtirish choralari ko‘riladi.
“TOSHKENT CONCH CEMENT" MCHJ QK to‘g‘risida:
Mazkur korxona Ohangaron tumanining “Qiziloy” mahallasida barpo etilgan. Loyihaning maqsadia tumandagi mavjud resurslardan samarali foydalanib, sifatli sement mahsulotini ishlab chiqarish. Loyiha 2024 yilda ishga tushirilgan.
Ajratilgan yer maydoni: 217,0 gektar.
Loyiha qiymati: 200,0 mln.doll. to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya.
Xorijiy hamkori: “ANHUI CONCH CEMENT CO” kompaniyasi (Xitoy)
Yillik quvvati: yiliga 2,5 mln. tonna sement mahsulotini ishlab chiqarish.
Ish o‘rni: 300 ta.
Yillik budjetga tushum: 15 300,0 mln.so‘m.
