Nurobodda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-11-13 16:50:00 / Yangiliklar
Bugun Nurobod tumani Yoshlar markazida aholi murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimini ta’minlash maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari, mahalla vakillari, yoshlar hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Muloqot davomida aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, moddiy yordam, uy-joy, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ta’lim va boshqa masalalarda o‘zlarini qiynayotgan muammolarni bayon etdilar.
Har bir murojaat tegishli mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, muammolarning yechimini topish bo‘yicha aniq yondashuvlar belgilab olindi. Hal etish imkoni bo‘lgan masalalar yuzasidan joyida amaliy yordam ko‘rsatildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qabul davomida har bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaslik, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammolarga o‘z vaqtida yechim topish zarurligiga alohida e’tibor qaratildi.
Aholi bilan ochiq muloqot, inson manfaatlarini ta’minlash va har bir murojaat ortida turgan muammoga amaliy yechim topish — mahalliy hokimlik faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishidir.
