Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati to‘g‘risida
2025-07-08 09:00:00 / Yangiliklar
Gazeta, radio va televideniya – Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati bundan 7 yil avval ana shu OAV xodimlari yordamiga tayangan holda faoliyat yuritar edi. Tuman hokimligida mavjud bo‘lgan bitta eski fotoapparat bilan tuman hokimligi tadbirlari, amaliy ishlari, aholi bilan uchrashuvlarni yoritish qiyin kechgan.
2019-yil axborot xizmati uchun tub burilish yili bo‘ldi. Davlatimiz rahbari “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Mazkur qarorda axborot xizmatlarini davlat organlari va jamiyat o‘rtasidagi haqiqiy ishonchli ko‘prikga aylantirish, ularning mamlakat axborot makonida samarali faoliyat yuritishini ta’minlash, matbuot kotiblari maqomini oshirish, axborot xizmatlarining kadrlar va moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash ko‘zda tutilgan edi.
Bugungi kunda Axborot xizmati uchun kerakli bo‘lgan barcha moddiy-texnik baza va sharoitlar yaratilgan.
Barcha ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda sahifalar tashkil etilgan.
Tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan media-rejalar va tanqidiy materiallarga munosabatlar ijro holati nazorati olib borilmoqda. Tumanda blogosferadagi bildirilgan har bir tanqidiy materialga tezkor munosabat, ya’ni muammodan xabar topilganligi, mas’ullar o‘rganilayotganligi holati haqida 5 soat ichida munosabat bildirilishi mexanizmi joriy etilgan. To‘liq rasmiy munosabat esa 5 kun ichida e’lon qilinishi ta’minlab kelinmoqda. Bugungi kunda tumandagi korxona va tashkilotlarda media makon va blogosferadagi vaziyatlar uchun maьsullar biriktirilgan.
Aytish joizki tuman hokimligi faoliyati ham hokimlikning o‘zi, ham korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida aholini muntazam xabardor qilishga qaratilgan. Shu maqsadda tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda chiqishadi. Shu maqsadda ommaviy axborot vositalarida turli tadbirlar, jumladan, brifinglar, ochiq muloqotlar, matbuot anjumanlari, media-turlar o‘tkazilmoqda. Bu boradagi talablar yil sayin ortib bormoqda. Taqqoslash uchun: 2019-yilda 11 ta, 2024-yilda 223 ta, joriy yilning birinchi yarmida 86 ta tadbirlar o‘tkazilgan.
Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, rasmiy veb-sayt, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar va media-turlar tashkil etish orqali tuman hokimligi faoliyati to‘g‘risida aholiga o‘z vaqtida ma’lumot berib kelmoqda.
Ayni kunga qadar axborot xizmati tomonidan birinchi manba sifatida 50 dan ortiq xalqaro delegatsiyalarning tashrifini rasmiy yoritildi.
Bir so‘z bilan aytganda, tuman hokimligi Axborot xizmati xodimlari davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan barcha vazifalarni to‘liq bajarish bilan birga o‘z oldiga yanada katta marralar qo‘yib, ularga erishish yo‘lida samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ayni vaqtda Nurobod tumani hokimligi axborot xizmatiga qariyb 7 yildirki Pardayev Erkin Egamberdi o‘g‘li rahbarlik qilib kelmoqda.
O‘tgan vaqt mobaynida to‘rtinchi tuman hokimi bilan ish faoliyatini samarali olib bormoqda.
Pardayev Erkin 2016 yil Samarqand davlat universitetining Tarix fakulteti bakalavr, 2022-yil Inson resurslarini boshqarish magistraturasini tamomlagan.
2018-2019-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasini boshqarus kursini muvaffaqiyatli tamomlagan.
Ayni vaqtda Xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti yo‘nalishida doktoranturada “Korxonalarda xizmat ko‘rsatish jarayonlarini boshqarish” mavzusida o‘z tadqiqotlarini olib bormoqda.
Xalqaro xorijiy til bilish sertifikatiga ega, Respudlika darajasida tashkil etib kelinayotgan ko‘plab tanlov va musobaqalar sovrindori.
Xususan, tumanda bir necha bor “Eng faol ommaviy axborot vositasi xodimi” nominatsiyasi g‘olibi,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan 2023-yilda tashkil etilgan “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi videoroliklar tanlovida 3 o‘rinni, 2024-yilda “Navro‘z – milliy qadriyatlar viktorinasi” ko‘rik-tanlovida faxrli 1-o‘rinni egallab, Respublika g‘olibi degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.
