Yoshlar tashabbusi va tadbirkorlik — mahallalar taraqqiyoti asosi
2026-11-12 17:25:00 / Yangiliklar
Bugun Nurobod tumani hokimi Maxsud Buranov tumanning Tepakul, Saroy va Sazag‘on mahallalarida bo‘lib, hududlarda tun-u kun faoliyat yuritadigan xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish yuzasidan yoshlar va tashabbuskor tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahallalarning mavjud imkoniyatlari, xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida yangi loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda yoshlarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, hududda zamonaviy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish, aholi va mehmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yangi ish o‘rinlarini ochish hamda mahallaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar tinglandi.
Tuman hokimi bildirilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, ularni amaliyotga tatbiq etish, tadbirkorlik loyihalarini ro‘yobga chiqarish va yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Asosiy maqsad — mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish, yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va tun-u kun xizmat ko‘rsatadigan zamonaviy maskanlarni ko‘paytirish!
