Zulfiya izdoşlari: Nurobodning eng iqtidorli qizlari viloyat bosqiçi sari!
2026-10-22 16:45:00 / Yangiliklar

Bugun Nurobod tumanidagi 18-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida “Zulfiya nomidagi davlat mukofoti” tanlovining tuman bosqiçi bölib ötdi.
Tadbirni Nurobod tumani hokimining oila va xotin-qizlar masalalari böyiça örinbosari Z.Sadinova kiriş sözi bilan oçib, tanlov iştirokçilariga omad va muvaffaqiyat tiladi. Şuningdek, iqtidorli, bilimli va taşabbuskor qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning salohiyatini röyobga çiqariş hamda jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Tanlovda tuman mahallalaridan taşrif buyurgan bilimdon, iste’dodli va faol qizlar adabiyot, ilm-fan, sport, san’at, tibbiyot, jamoatçilik faoliyati hamda boşqa yönalişlarda öz bilim va qobiliyatlarini namoyiş etdilar.
Hakamlar hay’ati tomonidan har bir nomzodning erişgan yutuqlari, ijodiy işlari, taşabbuslari va faoliyati atrofliça örganilib, ularning salohiyatiga xolisona baho berildi.
Tanlov yakunlariga köra, ğoliblikni qölga kiritgan qizlar keyingi bosqiç — viloyat bosqiçida iştirok etiş huquqini qölga kiritdilar.
Mazkur tanlov yoş xotin-qizlarning iste’dodini yuzaga çiqariş, ularning ilm-fan, madaniyat, san’at va boşqa sohalardagi yutuqlarini e’tirof etiş, şuningdek, jamiyatda faol va taşabbuskor avlodni tarbiyalaşga xizmat qiladi.
