“ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINING NUROBOD TUMAN BOSQICHI TANLOVIGA MARHAMAT!
2026-09-30 17:15:00 / Yangiliklar

“ZULFIYA” NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTINING NUROBOD TUMAN BOSQICHI TANLOVIGA MARHAMAT!
Hurmatli tumanimiz xotin-qizlari!
Joriy yilning 22-oktabr kuni soat 9:00 da Nurobod tumanidagi 18-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “ZULFIYA” nomidagi davlat mukofotining tuman bosqichi tanlovi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu nufuzli mukofot 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan eng iqtidorli, a’lo xulqli, zukko, tashabbuskor xotin-qizlarga quyidagi yo‘nalishlarda erishgan yutuqlari uchun beriladi:
- Fan yo‘nalishi bo'yicha;
- Ta’lim yo‘nalishi bo'yicha;
- Adabiyot yo'nalishi bo'yicha;
- Madaniyat yo‘nalishi bo'yicha;
- San’at (tasviriy, amaliy, bezak, dizaynerlik) yo‘nalishlari bo'yicha;
- Sport yo‘nalishi bo'yicha;
- Axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo'yicha;
- Jamoatchilik yo‘nalishi bo'yicha.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar tanlov kuniga qadar tegish hujjatlari bilan Nurobod tumani Oila va xotin-qizlar bo'limiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Murojaat uchun telefon:
+99899-413-23-20
