Pensiya tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan takliflar mazmun-mohiyati tushuntirildi
2026-09-30 12:50:00 / Yangiliklar

Nurobod tumani 12-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida pensiya tizimini takomillashtirish, sohadagi yangiliklar hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan qulayliklar yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida Pensiya jamg‘armasi Nurobod tumani bo‘limi boshlig‘i va mas’ul xodimlari tomonidan pensiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan takliflarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvda pensiya ta’minoti sohasidagi huquqiy tushunchalar xodimlarga oddiy, aniq va tushunarli tilda yetkazilib, fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlarini bilishi muhimligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan atroflicha va asoslantirilgan javoblar berildi. Ishtirokchilarga mavzuga oid informatsion flayerlar ham tarqatildi.
Nurobod tumani Pensiya jamg‘armasi bo‘limi
