🧠Nurobodda hokim kubogi uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
2026-09-03 15:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Nurobod tumani hokimi kubogi uchun “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tashkil etilgan musobaqada tumandagi korxona, tashkilot va muassasalarning bilimdon xodimlari, shuningdek, 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngilli fuqarolardan tuzilgan jamoalar ishtirok etishdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvda ishtirokchilar o‘zlarining bilim va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyish etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — 2-maktab jamoasi;
🥈 2-o‘rin — “Turon” jamoasi;
🥉 3-o‘rin — “Sabirsoy koni” jamoasi egalladi.
G‘olib va sovrindor jamoalar kubok, diplom hamda esdalik sovg'alari bilan munosib taqdirlandi.
Bunday intellektual musobaqalar yoshlar va keng jamoatchilik o‘rtasida kitobxonlik, bilimga intilish, mantiqiy tafakkur va sog‘lom raqobat muhitini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
