Shaxsiy qabul: har bir murojaat — e’tiborda
2026-08-13 15:35:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nurobod tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida Nurobod tumani hokimining o‘rinbosari Samariddin Sherxolov tomonidan reja-jadval asosida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalalar, taklif hamda murojaatlari yuzasidan bevosita murojaat qildilar.
Har bir murojaat alohida tinglanib, masalalarning yechimini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddi xodim va tashkilotlarga ijro uchun yo‘naltirildi.
Murojaatlarning belgilangan tartibda va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi, masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rilishi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Inson qadri — e’tiborda, murojaatlar — nazoratda, muammolar yechimi — amaliyotda!
