Nurobod tumanida 2025-yil 4-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti
2026-01-07 16:10:00 / Ochiq ma'lumotlar
Nurobod tumanida 2025-yil 4-chorak yakunlariga ko‘ra jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-aprelda “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-iyuldagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g'risida”gi KQ-787-IV-sonli qarorlari qabul qilingan.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflarni amalga oshirish uchun tuman hokimligida “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i shakllantirildi. Ushbu jamg‘armaga qarorga asosan 2025-yil 1-oktabr holatiga 2025-yil 3-chorak daromadlarning hisobot choraklari yakunilari bo‘yicha aniqlangan prognozdan oshirib bajarilgan qismining 1 302,0 mln.so‘m, 2024-yil va 2025-yil 1-mavsumlardan iqtisod qilingan mablag‘ning 1 787,5 mln.so‘m, tuman budjetining tasdiqlangan umumiy xarajatlarining 5 foizi 4 995,0 mln.so‘m, jami 8 084,5 mln.so‘m ajratilgan mablag‘lar Xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlariga asosan o‘tkazilishi ta’minlandi.
2025-yil 1-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:
Tashabbusli budjet jarayonlarining 2025-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan 12 ta (17 983,8 mln.so‘m) loyihalarning 10 tasi bugungi kundagi yakunlangan va topshirish-qabul qilish dalolatnomalari rasmiylashtirilgan. 2 ta loyihada ishlar 95% ga yakunlanib topshirish-qabul qilish jarayonlari davom etmoqda.
Jumladan:
1. Buloqboshi MFY ning “Sepki qishlog‘i qabristonini obodonlashtirish” taklifi
2. Mash’al MFY ning “Tuman tibbiyot birlashmasida tuman tez tibbiy yordam bo‘limi uchun yangi bino qurish” taklifilari.
2025-yil 2-mavsumda g‘olib deb topilgan loyihalar bo‘yicha:
Tashabbusli budjet jarayonlarining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan 13 ta (18 883,5 mln.so‘m) loyihalarning bugungi kundagi amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risida:
Jumladan:
1. Navbahor MFY ning “Navbahor MFY ga boruvchi 30V142 Sepki-Ag‘ron yo‘lining 2-4 km gacha bo‘lgan yo‘lni asfaltlashtirish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 499,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “505-SON MKMK” MCHJ bilan 1 378,9 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari yakunlangan.
2. Omondara MFY ning “Omondara MFY, 21-maktab yonidan 78-maktabgacha bo‘lgan yo‘l va mahalla ichki yo‘llarini asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 499,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “NUR-KRISTALL” MCHJ bilan 1 253,2 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.
3. Omondara MFY ning “Omondara MFY, Chunqaymish qishlog‘ining Yurg‘abuloq, Beshbarmoq, Anhazrat guzarlarining ichki yo‘llarini asfaltlash” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 499,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “TEX NUR KAFOLAT” MCHJ bilan 1 323,5 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.
4. Arabota MFY ning “Arabota MFY Gulobod guzari Tim-9 va Tim-8 ko‘chasini asfalt qilish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 499,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “TEX NUR KAFOLAT” MCHJ bilan 1 355,9 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari yakunlangan.
5. Navbahor MFY ning “Navbahor MFY ga boruvchi 30V142 Sepki-Ag‘ron yo‘lining 0-2 km gacha bo‘lgan yo‘lni asfaltlashtirish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 499,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “QURUVCHI-BUNYODKOR DIZAYN SERVIS” MCHJ bilan 1 178,3 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.
6. Xalqabod MFY ning “4-umumta'lim maktabiga jihozlar olish” taklifini amalga oshirish uchun Nurobod tumani Maktabgacha va maktab t’limu bo‘limiga 1 390,8 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib g‘olib ta’minotcholar tomonidan maktab jihozlari olib kelinishi davom etmoqda.
7. Sarikul MFY ning “Sarikul MFY da joylashgan 17-umuta'lim maktabiga sport zal qurish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 400,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib loyihachi “GAZ LOYIHA-SERVIS" MCHJ bilan 39,9 mln. so‘mlik loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda loyiha xujjatlari tayyorlanmoqda.
8. Saroy MFY ning “Nurobod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Sazag‘on hududiy bo‘limidagi bo‘sh er maydonidan yangi zamonaviy shifoxona qurish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 500,0 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib loyihachi “SAM PROJEKT” MCHJ bilan 42,7 mln. so‘mlik loyiha-smeta xujjatlarini ishlab chiqish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda loyiha xujjatlari tayyorlanmoqda.
9. Omondara MFY ning “Omondara MFY asosiy va ichki tuproq va tosh yo‘llarni asfalt qoplamasina yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 093,5 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “KENT IQMK” MCHJ bilan 937,9 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.
10. Boshquduq MFY ning “Boshquduq MFY dagi 1-2 (Yangi qishloq va Qozitup guzarlari) ko‘chalariga asfalt qoplamasi yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 499,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “USTA KAMOL QURUVCHI” MCHJ bilan 1 177,9 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.
11. Boshquduq MFY ning “Gumbaz q-q-Boshquduq mahallalarini bog‘lovchi yo‘lni hamda ichki ko‘chalarga asfat qoplamasi yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 499,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “EX NUR KAFOLAT” MCHJ bilan 1 220,7 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.
12. Sahoba MFY ning “Sahoba MFY ning ichki yo‘llariga asfat qoplamasi yotqizish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 499,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “NUR-KRISTALL” MCHJ bilan 1 192,5 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari boshlanish arafasida.
13. Saroy MFY ning “Saroy MFYga qarashli bo‘lgan guzarlarning ichki yo‘llarini asfaltlashtirish” taklifini amalga oshirish uchun “Samarqand mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK ga 1 499,9 mln. so‘m ajratilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi davlat xaridlari axborot portali orqali o‘tkazilgan auksionda elon berilib “INTEGRA QURILISH INVEST” MCHJ bilan 1 223,3 mln. so‘mlik ichki yulga asfalt yotqizish uchun shartnoma imzolangan, bugungi kunda asfaltlash ishlari davom etmoqda.
G‘.Musurmanov,
Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari
