Axborot xizmati haqida
Norin tumani hokimligi Axborot xizmati
Norin tumani hokimligi Axborot xizmatining faoliyati hokimlik va unga hisobdor tashkilotlar faoliyatini, shuningdek, hududda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni keng yoritish, jamoatchilik bilan samarali aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda tashkilotning axborot makonida munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan.
Axborot xizmatining ustuvor vazifalari quyidagilardan iborat:
Tuman hokimi tomonidan zamonaviy talablar asosida belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
Keng jamoatchilikni hokimlik faoliyati, shuningdek, uning sohalarga oid normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida xolis, sifatli va tezkor axborot bilan ta’minlash;
Ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, axborot materiallari, matbuot xabarlari, byulletenlar va boshqa axborot mahsulotlarini tayyorlash hamda tarqatish, ommaviy tadbirlarni tashkil etish;
Internet tarmog‘idagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va mobil platformalarni rivojlantirish;
Axborot makonidagi jarayonlarni muntazam kuzatib borish va tahlil qilish, mavjud muammolarga munosabat bildirishning shakllari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan hamkorlikda takliflar ishlab chiqish;
Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, Internet tarmog‘ida hokimlik faoliyatiga oid materiallarni tarqatish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.
BOG‘LANISH UCHUN:
Norin tumani hokimligi Axborot xizmati
📞 Telefon: 95 271-20-20
📧 Elektron pochta: info@norintuman.uz
Rasmiy veb-saytga axborotlarni joylashtirish va yangilash uchun mas'ul shaxs:
Xasanov Nosirjon Adilbekovich
📞 Telefon: 95 271-20-20
📧 Elektron pochta: info@norintuman.uz
