Yurtimizda joriy yil may-iyul oylarida "Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi" o‘tkaziladi
2025-05-01 19:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekistonda mahalla tizimini isloh qilish va uning jamiyatdagi rolini yanada kuchaytirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam qo‘yildi. “Fuqarolar yig‘ini raisi saylovi to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan yangiliklar asosida mamlakatimizda mahalla raislari saylanmoqda.

Bugun Norin tumanining “Sho‘rariq” mahallasida mahalla raisi uchun ovoz berish jarayoni o‘tkazildi. Ushbu jarayon ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, fuqarolarning faol ishtiroki bilan tashkil etildi. Ovoz berishda barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratilib, jarayonlar mahalla aholisi guvohligida adolatli va xolis tarzda amalga oshirildi.
Norin tumanida hozirgi kunda 57 ta mahalla faoliyat yuritib, ularda 337 nafardan ziyod “mahalla yettiligi” a’zolari ish olib bormoqda.
Norin tuman hokimligi Axborot xizmati.









