Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash bo‘yicha davlat xizmati takomillashtirildi
2026-07-06 11:35:00 / Yangiliklar

Qaror aholiga davlat xizmatlarini soddalashtirish, ijtimoiy yordamni tezkor va shaffof tarzda ko’rsatish hamda "Ijtimoiy reyestr" tizimini takomillashtirishga qaratilgan.
Davlat xizmatining mazmuni
Mazkur davlat xizmati orqali Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash yoki rad etish bo’yicha arizalar elektron tarzda qabul qilinadi va ko’rib chiqiladi. Qaror asosida xizmatlar idoralararo elektron axborot almashinuvi orqali amalga oshiriladi, bu esa fuqarolardan ortiqcha hujjatlar talab etilishini kamaytiradi.
Davlat xizmatidan kimlar foydalanishi mumkin?
-Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar;
-Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilayotgan fuqarolar.
Xizmatning afzalliklari
-Arizalarni elektron shaklda qabul qilish;
-Ma'lumotlarni avtomatik tekshirish;
-Shaffof va tezkor qaror qabul qilish;
-Natija haqida murojaat qiluvchini elektron tarzda xabardor qilish;
-Inson omilini kamaytirish va ortiqcha hujjatbozlikni bartaraf etish.
Huquqiy asos
Mazkur davlat xizmati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qarori bilan tasdiqlangan nizomlar asosida ko’rsatiladi. Qaror ijtimoiy reyestrni yuritish, individual reja ishlab chiqish hamda bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash tartibini belgilaydi.
Mazkur davlat xizmati quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal(my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.
- Vakolatli organ – O’zbekiston Respublikasi Prizidentini huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi arizani qabul qiladi va “Yagona reyestr” axborot tizimi orqali belgilangan mezonlar asosida ko’rib chiqiladi.
- Ko’rib chiqish yakuniga ko’ra, ariza beruvchining “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilganligi, bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayilangani yoki rad etilgani haqida elektron tarzda xabarnoma yuboriladi.
Xizmat ko’rsatish muddati.
- Ariza bir oy mobaynida ko’rib chiqiladi
- Joriy oyning 16-sanasigacha topshirilgan arizalar shu oyda ko’rib chiqiladi
- 16-sanadan keyin topshirilgan arizalar esa keying oyda ko’rib chiqiladi.
- Nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash uchun rad etish asoslari mavjud bo’lmasa, u ariza ko’rib chiqilgan oydan keyingi oydan boshlab avtomatik ravishda tayinlanadi va to’lanadi.
Norin tuman Adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi
Sho’ba mudiri S.Xolmatov
