Qirg‘iz Respublikasi delegatsiyasi Norin tumanidagi Fishville Norin gastronomik turizm markazida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishdi.
2026-04-30 17:50:00 / Yangiliklar
Qirg‘iz Respublikasi Prezidentining Jalol-Obod viloyatidagi vakili apparati hamda mahalliy boshqaruv organlari vakillaridan iborat delegatsiya Norin tumanida bo‘lib, hududdagi ilg‘or loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, delegatsiya a’zolari Fishville Norin gastronomik turizm markazida yaratilgan sharoitlar va ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. Loyiha rahbari Aziz Daminov tashabbusi bilan forel baliq yetishtirish, qayta ishlash va realizatsiya qilish tizimi samarali yo‘lga qo‘yilgan.
Loyihaga jami 15 million AQSH dollari investisiya jalb etilgan bo‘lib, korxonada yiliga 2000 tonna baliq mahsuloti yetishtirish quvvati yaratilgan. Bu esa 10 million dollarlik eksport salohiyatini ta’minlash imkonini bermoqda.
Markaz bir vaqtning o‘zida 300 nafargacha mehmonga xizmat ko‘rsatadi va loyiha doirasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Norin tuman hokimligi Axborot xizmati









