"INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
2025-04-28 / Voqealar taqvimi

2025-yil 28–30-aprel kunlari Milliy koʻrgazmalar majmuasida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda boʻlib oʻtadigan koʻrgazma beshinchi bor energetika va metallurgiya, sanoatni avtomatlashtirish va IT-texnologiyalari, farmatsevtika, tibbiyot kompleksi va boshqa turli sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar uchun hamkorlik markaziga aylanishi kutilmoqda.
Xalqaro sanoat ko‘rgazmasining asosiy elementlaridan biri bozorning dolzarb ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantirilgan hamda sanoat kooperatsiyasi va innovatsiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirlarni o‘z ichiga olgan biznes-dastur hisoblanadi. Dastur asosiy tendentsiyalarni muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik uchun yangi imkoniyatlarni topish uchun yetakchi ekspertlar, biznes va hukumat vakillarini birlashtiradi. U turli sohalarni qamrab oladi va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishga qaratilgan.