Sport vaziri Adkham Ikramov Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlarida ishtirok etayotgan sportchilarimiz bilan uchrashdi
2025-10-24 10:45:00 / Yangiliklar
Shu kunlarda Bahrayn davlati poytaxti Manama shahrida III Osiyo yoshlar o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 20 sport turida 183 nafar atlet bilan qatnashmoqda.
Ayni kunlarda Bahraynda xizmat safarida bo‘lib turgan Sport vaziri Adkham Ikramov musobaqalarda ishtirok etayotgan bokschilarimiz bilan uchrashdi.
Muloqot davomida Sport vaziri terma jamoamiz a’zolariga oldinda turgan shiddatli musobaqalarda muvaffaqiyat tiladi.
Quvonarlisi, -75 kg vaznda bokschimiz Diyorbek Murodilloyev BAA vakili Hossam Mohamedga qarshi bo‘lib jangda raqibidan 5:0 hisobida ustun keldi.
Shuningdek, Sport vaziri Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, afsonaviy bokschi Gennadiy Golovkin bilan ham uchrashib, sport sohasida qardosh xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.


