CNNC kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2024-03-29 20:15:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligida Сhina National Nuclear Corporation (CNNC) – Xitoyning atom energetika (qurilish, tadqiqot, muhandislik) yoʻnalishida faoliyat olib boradigan davlat kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Unda Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov va vazirlik mutasaddilari, CNNC vitse-prezidenti Shen Yanfen boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan muzokara olib borishdi.
Uchrashuvda geologiya-qidiruv ishlariga investitsiya kiritish, istiqbolli maydonlarda oʻzaro hamkorlikda dala geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilish, shuningdek, texnik quduqlarni burgʻilash masalalari muhokama etildi.

