“China Road and Bridge Corporation” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
2025-08-18 09:50:00 / Yangiliklar
15-avgust kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov va Xitoy Xalq Respublikasining “China Road and Bridge Corporation” kompaniyasi Bosh direktori o‘rinbosari Chjan Syaoyuan bilan uchrashdi.

Uchrashuvda “China Road and Bridge Corporation” kompaniyasi tomonidan ayni damda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarining holati, bajarilgan ishlar yuzasidan xitoy tomoni axborot berib o‘tdi.
Vazir ushbu loyihalar doirasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish-montaj ishlarini jadallashtirish hamda loyihani o‘z muddatida topshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tomonlar transport va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish hamda sohaga ilg‘or tajribalarni tatbiq etish yuzasidan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashdilar.

