V Toshkent xalqaro investitsiya forumi
2026-06-16 / Voqealar taqvimi

2026-yil 16-18-iyun kunlari Toshkentda mamlakatning asosiy investitsiya platformasi va mintaqadagi eng yirik ishbilarmonlik forumlaridan biri bo‘lgan beshinchi yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.
O‘tgan yili TIIF-2025 xalqaro investitsiyaviy muloqotning yangi bosqichini belgilab berdi:
- O‘tgan yilgi Forumga 8 mingdan ortiq ishtirokchi, jumladan, 97 mamlakatdan 3 ming nafar xorijiy mehmon tashrif buyurdi.
- 450 nafar yuqori martabali delegatlar, shu jumladan 312 nafar hukumat vakillari
- 36 ta panel sessiyasi va 150 dan ortiq jahon darajasidagi ma’ruzachilar
- 100 ta mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokida 12 000 kvadrat metr maydondagi sanoat ko‘rgazmasi
- 500 dan ortiq B2B va B2G uchrashuvlari
TIIF-2025 forumining asosiy natijasi - 30,5 milliard dollarlik shartnomalar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili TIIF-2025 forumining tantanali ochilish marosimida va Forum doirasida o‘tkazilgan Xorijiy investorlar kengashining uchinchi yig‘ilishida ham ishtirok etgani forumning strategik maqomini ta’kidladi.
TIIF-2025 xalqaro ko‘rgazmasini 31 mamlakatdan 114 nafar jurnalist, jumladan, CNN, Euronews, The Guardian, ZDF, Al Jazeera va boshqa nufuzli ommaviy axborot vositalari yoritdi.
TIIF-2026 yanada keng ko‘lamli bo‘ladi: ko‘proq mamlakatlar va investorlar, kengaytirilgan ishbilarmonlik dasturi, yangi tarmoq yo‘nalishlari, taqdimotlar va muzokaralarning texnologik formatlari, sanoat kooperatsiyasi va yirik investitsiya bitimlariga e’tibor kuchayadi.
Yubiley forumi global kapitalni jalb qilish nuqtasi va Markaziy Osiyoning investitsiya kun tartibini shakllantirish maydoniga aylanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish allaqachon havola orqali ochilgan
TIIF-2026 - ko‘proq imkoniyatlar, ko‘proq hamkorliklar, ko‘proq investitsiyalar.