Davlat xizmatlari forumi doirasida Shvetsiyaning Migratsiya vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-06-25 10:10:00 / Yangiliklar

Suhbat chog‘ida tomonlar O‘zbekistonda davlat xizmatlarini raqamlashtirish, aholiga elektron xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish va ushbu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan fikr almashdilar.
Shu bilan birga, IT xizmatlar eksporti hajmini oshirish masalasi muhokama qilindi. Xususan, Shvetsiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda Yevropa bozorlariga chiqish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda masofaviy kasblarga alohida e’tibor qaratilib, mahalliy yoshlarni shu yerdan turib yuqori maoshli va raqobatbardosh ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha tashabbuslar ham muhokama qilindi.
Yoxan Forssell O‘zbekistondagi raqamli transformatsiya jarayonlariga ijobiy baho berdi va ushbu sohada tajriba almashish hamda ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga tayyor ekanligini ta’kidladi.


