Yandeks kompaniyasi rahbariyati bilan IT sohasida yoshlarimizga yuqori maoshli ishchi o‘rinlarini ko‘paytirish borasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2024-02-20 11:10:00 / Yangiliklar
Unda hamkorlikda ishlashning strategik yo‘nalishlari, kompaniyaning O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sun’iy intellektni rivojlantirish, elektron hukumat yo‘nalishida hamkorlik hamda IT ta’lim yo‘nalishida takliflar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekistonda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuqori baholandi. Jumladan, IT Parkning “Zero Risk” loyihasi kompaniya rahbariyatida katta qiziqish uyg‘otdi va shu mavzuga doir savol-javob o‘tkazildi.
Shu bilan birga, uchrashuvda Vazir mamlakatimizda aholi sonining oshib borayotgani, o‘z navbatida, ular uchun munosib ish o‘rinlarini yaratishni talab qilishini ta’kidladi.
IT mahsulotlarni ishlab chiqish va masofadan ishlashga bo‘lgan talab oshdi. Shu maqsadda O‘zbekiston mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni masofadan turib ishlashga hamda ularni yuqori maoshli ishlarga jalb qilish bo‘yicha masalalar ham muhokama qilindi.
O‘z navbatida, IT kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun soliq imtiyozlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berilib, IT ta’lim yo‘nalishiga ham katta e’tibor qaratilayotgani aytib o‘tildi.
Kompaniya vakillari O‘zbekistonda IT sohasida qulay muhitni rivojlantirish borasida o‘z rejalari va dolzarb tashabbuslari hamda yangi loyihalar bilan o‘rtoqlashdi.