McKinsey & Company vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-06-13 09:15:00 / Yangiliklar

Tashrif doirasida mehmonlarga O‘zbekistonning raqamlashtirish jarayonlari, AKT infratuzilmasi va elektron hukumat tizimi haqida umumiy ma’lumotlar taqdim etildi. Raqamli transformatsiya strategiyasi, xalqaro hamkorlik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekistonda investitsiya muhitining ochiqligi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvning asosiy qismida McKinsey & Company kompaniyasining katta hamkori Yermolai Solzhenitsyn va Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar uchrashuv davomida texnologik rivojlanish, raqamli sohada xalqaro konsalting xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston va McKinsey o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
Mehmonlar O‘zbekistonning raqamli islohotlarga bo‘lgan qat’iy siyosati va xalqaro hamkorlikka ochiqligini yuqori baholadi.

