Xalqaro baxshichilik san’ati festivali
2025-04-26 / Voqealar taqvimi
Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bu yil 26–28-aprel kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tadi!

2019-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan festival O‘zbekistonning boy dostonchilik merosini milliy qadriyat, do‘stlik va ijodiy hamkorlikni birlashtirgan an’ana sifatida dunyoga namoyon etmoqda. Har ikki yilda bir bora bo'lib o'tadigan musiqiy festival ilk bora Surxondaryo viloyatida bo'lib o'tgan edi. Shuningdek, 2021-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 2023-yilda esa Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan.