Turkiyaning “Ronesans Xolding” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-04-24 09:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda “Rönesans International” kompaniyasining ijrochi direktori Kaan Kemal Ekermen hamda Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun: Rönesans Holding bugungi kunda dunyo miqyosida faoliyat yuritayotgan yetakchi konstruktsiya (qurilish) va investitsiya kompaniyalardan biri bo‘lib, u quyidagi sohalarda faoliyat olib boradi:
Qurilish va muhandislik: savdo markazlari, ofislar, sog‘liqni saqlash markazlari, stadionlar, ko‘priklar, metro liniyalari, energetika inshootlari hamda davlat va xususiy sektor buyurtmalari;
Sog‘liqni saqlash infratuzilmasi: Turkiya va xorijda davlat-xususiy sheriklik (PPP) asosida zamonaviy shifoxonalar qurish va boshqalar.
Muloqot davomida tomonlar sog‘liqni saqlash sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, sog‘liqni saqlash infratuzilmasini rivojlantirish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish, zamonaviy va yuqori samaradorlikkar ega ko‘p tarmoqli shifoxonalarni qurish hamda sog‘liqni saqlash yo‘nalishida muvaffaqiyatli tajribalar yuzasidan muhokamalar olib bordi.
Shuningdek, muhokamalar davomida mamlakatimizda davlat-xususiy sheriklik asosida sog‘liqni saqlash sohasida infraturilma loyihalarini amalga oshirishdagi asosiy jihatlar yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.
