Transport vaziri Saudiya Haj va Umra vaziri bilan uchrashdi
2025-02-20 14:15:00 / Yangiliklar
Transport vaziri Ilhom Maxkamov 19-fevral kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va Umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar “Umra” va “Haj” mavsumida O‘zbekistondan ziyoratchilarni aviaqatnovlar orqali tashish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning joriy holatini, shuningdek, Saudiya Arabistoni aviakompaniyalarining 2025-yilgi “Haj” va kelgusi davrlardagi dasturlarda ishtirok etish imkoniyatlarini muhokama etishdi.

