Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda amaliy seminar o‘tkazildi.
2025-02-18 12:15:00 / Yangiliklar

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mas’ul xodimi Shahobiddin Karimov, “YUNIKON” MChJ Toshkent shahar filiali direktori M.Raximberdievlar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF – 6166-son Farmoni hamda “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ – 5132-son Qarori talablaridan kelib chiqqan holda ijro intizomini samarali tashkil etish, topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va to‘laqonli amalga oshirish, shuningdek, “Ijro.gov.uz”, “EDO.uz” tizimiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqida tizim xodimlariga batafsil ma’lumot berildi.