IHTga a’zo mamlakatlar Osiyo va Yevropa o‘rtasida xalqaro multimodal transport yo‘lagini shakllantirish yuzasidan kelishib oldi
2023-11-03 18:05:00 / Yangiliklar
Imzolangan Bayonnomada quyidagi maqsadlar ko‘zda tutilgan:
- Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan Yevropa Ittifoqi mamlakatlarigacha Oʻzbekiston, Turkmaniston, Eron, Turkiya hududlari orqali yuk tashishlarni tashkil etish;
- raqobatbardosh tarif stavkalarini qo‘llash va O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron va Turkiya temir yo‘llarida yuk tashish uchun qulay sharoitlar yaratish;
- yo‘nalish bo‘ylab yuk tashishlarni tashkil etishda normativ-huquqiy va texnik standartlarni birхillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqish;
- yo‘lak ishtirokchi-davlatlari o‘rtasida transport sohasidagi bog‘liqlikni oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi orqali o‘tuvchi muqobil xalqaro transport yo‘laklarini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar O‘zbekiston Respublikasining jahon transport-logistika tarmoqlariga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish va tranzit salohiyatini oshirish bo‘yicha “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq amalga oshirilmoqda.