Yoshlar siyosati va sport vaziri Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash bosh kotibi bilan uchrashdi
2023-10-13 10:50:00 / Yangiliklar
Yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashga aʼzo va kuzatuvchi mamlakatlar yoshlari o‘rtasida o‘zaro do‘stlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Samarqand shahrida yoshlar kengashining VI yig‘ilishi, Yosh liderlar forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov tashkilot bosh kotibi Qayrat Saribay bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Samimiy va do‘stona ruxda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda davlat organlari va jamoat tashkilotlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mushtarakligini oshirish, yigit-qizlar o‘rtasida umumiy insonparvarlik intilishlari va muammolarni hal etishga doir yondashuvlarni shakllantirish forumning asosiy yo‘nalishlaridan ekanligi, umumiy saʼy-harakatlar, sheriklik va ishonchni mustahkamlash orqali ezgu maqsad — mamlakatlarimiz tinchligi, barqarorligi va farovonligini taʼminlashga erishish mumkinligi alohida taʼkidlandi.