“Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari" ko‘rgazmasi
2022-11-23 / Voqealar taqvimi
Parijdagi Arab dunyosi institutida 2022-yil 23-noyabrdan 2023-yil 4-iyungacha “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari" nomli ko‘rgazma tashkil etilmoqda.

Parijdagi Arab dunyosi institutida 2022-yil 23-noyabrdan 2023-yil 4-iyungacha “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari" nomli ko‘rgazma tashkil etilmoqda.
Unda O‘zbekiston hunarmandlarining asarlari namoyish etiladi. Ko‘rgazmada XIX – XX asr o‘rtalariga oid milliy to‘qimachilik mahsulotlari, liboslar, bezaklar, Buxoro amirligi davrining zardo‘zli choponlari, shuningdek, O‘zbekiston davlat muzeylari kolleksiyasidan to‘plangan Turkiston avangardiga oid rangtasvir asarlar bilan tanishish mumkin.