Saudiya Arabistonining ma’lumot va sun’iy intellekt agentligi rahbari bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2024-12-19 10:15:00 / Yangiliklar
Uchrashuv davomida agentlikning milliy ma’lumotlarni saqlash va boshqarish siyosati tajribasini o‘rganish, ma’lumotlar almashish va ochiq ma’lumotlar siyosati bo‘yicha O‘zbekiston uchun tavsiyalar taqdim etish, qo‘shma tashabbuslar ma’lumotlarini boshqarish tizimini uyg‘unlashtirish va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish yuzasidan fikrlar almashildi.
Shuningdek, sun’iy intellekt etikasi va xavfsizlik siyosati, bulutli xizmatlar va “aqlli shahar”larni rivojlantirish sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ushbu yo‘nalishda malakali mutaxassislarni tayyorlashda hamkorlik qilishga va har yili sun’iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma tadbir tashkil etishga kelishidi.
Ma’lumot uchun: Saudiya ma’lumot va sun’iy intellekt agentligi (Saudi Data and AI Authority) – 2019-yilda tashkil etilgan milliy agentlik bo‘lib, mamlakatda ma’lumotlar va sun’iy intellektni rivojlantirish, boshqarish va 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish uchun mas’uldir.