Xalqaro hamkorlik
2024-12-18 17:15:00 / Yangiliklar
Uchrashuvda UNDESA rahbari – BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Li Szyanxua mamlakatimizda elektron hukumat sohasining rivojlanish holati va bu borada BMTning elektron hukumat rivojlanishi reytingida O‘zbekiston o‘rnini oshirish va 2030-yilga qadar TOP-30 davlatlar qatoriga kiritish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar va sa’y-harakatlarni yuqori baholadi.
O‘zbekiston joriy yilda Elektron hukumat reytingida 6 pog‘onaga yuqorilab, indeksning juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shilgani, avvalgi reytingda 18 pog‘onaga ko‘tarilib, umumiy 24 pog‘onaga ko‘tarilgani alohida ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuvda Samarqandda o‘tkaziladigan BMTning Davlat xizmatlari forumiga tayyorgarlik ishlari, forum mavzusi va asosiy ma’ruzachilar bo‘yicha fikrlar almashilib, forumni tashkiliy jihatdan yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha muhokamalar ham bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, uchrashuvda AKT infratuzilmasini takomillashtirish, elektron hukumat reytingida O‘zbekistonning o‘rnini yanada yaxshilash hamda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish, IT sohasida yoshlarning o‘rnini yanada oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Shu bilan birga, raqamli transformatsiya orqali barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston BMT bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga va ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etishga hamda barqaror, inklyuziv va raqamli rivojlanishga erishish bo‘yicha birgalikda yanada faol harakat qilishga kelishildi.