Innoweek.uz-2025
2025-10-09 / Voqealar taqvimi
09-11-oktabr kunlari eng yirik innovatsion tadbir “Innoweek.uz-2025” xalqaro innovatsion g’oyalar haftaligi bo’lib o’tadi.

Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi — “Innoweek.uz” respublikada innovatsion rivojlanishni jadallashtirish, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida innovatsiyalar va texnologiyalarni keng tatbiq qilish, inson kapitalini, ilm-fan va innovatsiya sohalarini rivojlantirish maqsadida 2018-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda.
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish www.innoweek.uz saytida.