Quvayt Davlatining “Al Ghanim & Sons Grour of Companies” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-12-06 12:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda “Al Ghanim & Sons Grour of Companies” boshqaruv kengashi raisi Fuad Muhammad Sunyan al-G‘onim va bir qator vakillar ishtirok etdi. O‘zbekiston tomonidan “UzAssets” AJ boshqaruv kengashi raisi Bobur Abdinazarov hamda boshqa tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari qatnashdi.
Muzokaralar davomida ikki tomonlama aloqalar, xususan, davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Kompaniya bilan O‘zbekistonda energetika, suv ta’minoti, infratuzilma va qurilish yo‘nalishlaridagi loyihalarni amalga oshirish yo‘lidagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fiklar almashildi.
Ma’lumot uchun: “Al Ghanim & Sons Grour of Companies” Quvaytning yirik va taniqli kompaniyalaridan biri bo‘lib, elektr energiyasi, suv ta’minoti, infratuzilma va qurilish sohalarida keng qamrovli loyihalarni amalga oshirib keladi. Xususan, ichimlik suvini tozalash va yetkazib berish hamda oqova suvlarni tozalash bo‘yicha muvaffaqiyatli yirik loyihalari mavjud.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikdagi loyihalar bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish va maslahatlashuvlarni yanada faollashtirishga kelishib oldi.
