Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni
2025-09-26 / Voqealar taqvimi
Maʼlumki, 2021-yil 14-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–715-son) imzolandi va unga asosan 26-sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi.

Mazkur qonunda 26-sentyabr kunini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni sifatida belgilash nazarda tutilmoqda.
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni oʻrganish shuni koʻrsatmoqdaki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining tarixi aslida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 26-sentyabrda qabul qilingan PF–265-sonli Farmoniga borib taqaladi.
Qayd etish joizki, Prezident Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2018-yilning 5-aprelida “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilindi.