Hancom Akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2024-11-13 10:10:00 / Yangiliklar
12-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Hancom Akademiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va akademiya direktori Li Sangil ishtirok etishdi.
Endilikda Toshkentda Koreyaning yetakchi IT akademiyalaridan biri — Hancom Academy o‘z kurslarini yo‘lga qo‘yadi.
Akademiya koreys tili, axborot texnologiyalari va ingliz tilini Koreya va AQShning yetakchi professorlari rahbarligida o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi.