Hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2024-10-29 09:25:00 / Yangiliklar
Sport vaziri Adkham Ikramov hamda FIDE prezidenti Arkady Dvorkovich oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi.
Muloqot davomida, mehmonlar tomonidan bugungi kunda shaxmat bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib borayotganligi alohida taʼkidlandi.
Shundan so'ng, 2026-yilda yurtimizda boʻlib oʻtadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiyadasi oʻyinlariga har tomonlama mukammal tayyorgarlik koʻrish masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ushbu soha bo'yicha amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish va kelgusi rejalar bo'yicha kelishib olindi.