Xalqaro valyuta jamğarmasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-11-25 09:30:00 / Yangiliklar

Uçraşuvda Xalqaro valyuta jamğarmasining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Koba Gvenetadze, şuningdek, jamğarma iqtisodçilari va soha mutaxassislari iştirok etdi. Özbekiston tomonidan Markaziy bank raisi Timur Işmetov, Milliy statistika qömitasi raisi Behzod Hamroyev hamda tegişli taşkilotlar mas’ullari qatnaşdi.
Muloqot davomida Özbekiston va Xalqaro valyuta jamğarmasi örtasidagi hamkorlik istiqbollari, amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hamda moliyaviy islohotlar va ularning natijalari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi. Xususan, muhokamalar jarayonida quyidagi ustuvor yönalişlarga alohida e’tibor qaratildi:
makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaş va iqtisodiy islohotlarni jadallaştiriş;
monetar va fiskal siyosat uyğunligini ta’minlaş hamda inflatsiya darajasini barqaror ravişda kamaytiriş;
davlat budjeti jarayonlarini samarali taşkil etiş, budjet körsatkiçlarini optimallaştiriş va davlat moliyasini boşqariş tizimini takomillaştiriş;
soliq va bojxona siyosati hamda boşqaruvini yanada rivojlantiriş;
xususiylaştiriş jarayonlarini jadallaştiriş va iqtisodiyotda xususiy sektor rolini kengaytiriş.
Öz navbatida, Xalqaro valyuta jamğarmasi vakillari Özbekistondagi iqtisodiy barqarorlik va iqtisodiyotning yuqori ösiş sur’atlarini ijobiy baholadi. Şuningdek, global noaniqliklarga qaramasdan, mamlakatimizda asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlar mustahkamlanib borayotgani alohida e’tirof etildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar belgilangan yönalişlar böyiça amaliy aloqalarni mustahkamlaş hamda yuqoridagi masalalar yuzasidan fikrlar almaşinuvi jarayonlarini kengaytirişga kelişib oldi.

