Adliya va huquq sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi
2026-11-23 09:25:00 / Yangiliklar

Uçraşuv davomida Özbekiston va Italiya örtasida adliya va huquq sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, ikki davlat örtasidagi hamkorlik 2023-yil 8-iyunda imzolangan Özbekiston va Italiya adliya vazirliklari örtasidagi Anglaşuv memorandumi asosida izçil rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Tomonlar mediatsiya institutini rivojlantiriş, yuridik kadrlarni tayyorlaş va malakasini oşiriş hamda ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytiriş sohalarida natijalarni yuqori baholadilar.
Adliya vaziri Akbar Taşkulov hamkorlikni yanada kengaytiriş maqsadida işlab çiqilgan 2027 – 2029-yillarga möljallangan Hamkorlik dasturi loyihasini kelişiş va imzolaşni jadallaştiriş muhimligini ta’kidladi.
Mazkur dastur notariat, advokatura, yuridik yordam, qonunçilikni takomillaştiriş, adliya organlarini raqamlaştiriş, sun’iy intellektni joriy etiş va xalqaro investitsiya arbitraji sohalarida tajriba almaşişni nazarda tutadi.