Quriliş sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş böyiça taşabbuslar
2026-11-12 10:25:00 / Yangiliklar

Ta’kidlanişiça, sönggi 9 yilda mamlakatimizda 15 mingta köp kvartirali uy foydalanişga topşirilib, ularda 715 mingdan ortiq xonadon yaratilgan. Barpo etilgan bino va inşootlarning umumiy maydoni 288 million kvadrat metrdan oşgan.
Ayni paytda quriliş jarayonidagi obyektlarning umumiy maydoni 218 million kvadrat metrni, ulardagi xonadonlar soni esa 771 mingdan ortiqni taşkil etmoqda. Quriliş sohasida 420 ta şaharsozlik normasi yagona talablarga muvofiqlaştirildi va 500 dan ortiq yangi norma işlab çiqildi.
Şuningdek, “Şaffof quriliş” milliy axborot tizimi orqali quriliş jarayonlari raqamlaştirilib, 24 ta axborot platformasi 22 ta davlat organi bilan integratsiya qilindi. Litsenziya beriş muddati 10 kundan 10 daqiqagaça qisqardi.
Vazir xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş böyiça quyidagi oltita taşabbusni ilgari surdi:
▪️ Sanoat usulida uy-joy qurilişi va zamonaviy quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça texnologik hamkorlikni kengaytiriş;
▪️ Quriliş normalari va standartlarini yaqinlaştiriş, ilmiy-tadqiqot institutlari örtasida aloqalarni mustahkamlaş;
▪️ BIM texnologiyalari, sunʼiy intellekt va raqamli boşqaruv tizimlarini rivojlantiriş;
▪️ Mutaxassislar tayyorlaş, qöşma taʼlim dasturlari va akademik almaşinuvni yölga qöyiş;
▪️ Zamonaviy şaharsozlik, muhandislik infratuzilmasi va Smart-city yönalişlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş;
▪️ “Markaziy Osiyo va Xitoy seysmik muhandislik assotsiatsiyasi”ni taşkil etiş.
Ayniqsa, sönggi taşabbus doirasida zilzilabardoş quriliş böyiça qöşma ilmiy tadqiqotlar ötkaziş, muhandislik tajribasini almaşiş, seysmik loyihalaş normalarini yaqinlaştiriş va malakali mutaxassislar tayyorlaş taklif etildi.
Vazir Özbekiston uşbu yönalişlarda hamkorlar bilan faol işlaşga, öz tajribasini ulaşişga va özaro manfaatli loyihalarni amalga oşirişga tayyor ekanini bildirdi.
“Bizning umumiy vazifamiz — şunçaki köproq quriş emas. Muhimi, zamonaviy infratuzilma insonga xizmat qiladigan, kelajak avlodlar uçun yangi imkoniyatlar yaratadigan xavfsiz, qulay, energiya tejamkor va barqaror şaharlarni barpo etişdir”, — dedi Şerzod Hidoyatov.

