“Markaziy Osiyo – Xitoy” quriliş vazirlarining ikkinçi konferensiyasi bölib ötdi
2026-11-11 16:35:00 / Yangiliklar

Tadbirning rasmiy oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vaziri Şerzod Hidoyatov iştirok etib, nutq sözladi.
Vazir öz nutqida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy Xalq Respublikasi örtasidagi strategik hamkorlik munosabatlari izçil rivojlanib, yangi bosqiçga kötarilayotganini taʼkidladi. Uşbu jarayonda quriliş sohasi, zamonaviy şaharlar barpo etiş, infratuzilmani rivojlantiriş va aholini munosib uy-joy bilan taʼminlaş borasidagi hamkorlik alohida ahamiyat kasb etişi qayd etildi.
“Bugungi muloqotimiz nafaqat tajriba almaşiş, balki mamlakatlarimiz quriliş sohasining kelajagini belgilab beradigan qöşma yeçimlarni işlab çiqişga ham yönaltirilişi lozim”, — dedi Şerzod Hidoyatov.
Şuningdek, vazir Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan yaxşi qöşniçilik, mintaqaviy integratsiya va özaro manfaatli şeriklik davlat siyosatining ustuvor yönalişlariga aylanganini alohida taʼkidladi.
Konferensiya doirasidagi muloqotlar tomonlar örtasida özaro işonçni mustahkamlaş, texnologik hamkorlikni kengaytiriş hamda quriliş sohasida yangi qöşma taşabbuslarni amalga oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

