Adliya vaziri MDH Adliya vazirlari kengaşining 20-majlisida iştirok etdi
2026-11-11 09:55:00 / Yangiliklar

Majlisda Armanistonning 2026-yilda Kengaşdagi raisligi yakunlari, FHDY organlari Metodik kengaşini taşkil etiş, adliya organlari faoliyatini raqamlaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Akbar Taşkulov öz nutqida Özbekistonda adliya sohasidagi islohotlar, elektron huquqiy xizmatlar va sun’iy intellektni joriy etiş tajribasi haqida sözlab berdi.
Bundan taşqari, Adliya vazirligi taşabbusi bilan işlab çiqilgan MDH adliya vazirliklari örtasida axborot almaşiş yagona elektron tizimi konsepsiyasi böyiça "yöl xaritasi" doirasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Majlis yakunida Kengaş emblemasi va "MDHga a’zo davlatlarda huquqiy ma’rifat yili – 2027" ramzlari tasdiqlandi, Kengaşning 2027-yilga möljallangan tadbirlar rejasi qabul qilindi. Rejaga 2027-yil may oyida Toşkentda ötkaziladigan "Taşkent Law Spring" xalqaro yuridik forumi ham kiritildi.
Şuningdek, MDH iştirokçi davlatlari adliya vazirliklarining hamkorligi töğrisidagi Bitim imzolandi. Mazkur Bitim qonunçilik faoliyati, huquqiy axborot, aholiga huquqiy yordam körsatiş, kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş sohalarida hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan.


