Xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda
2026-10-30 11:45:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida KOICA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmatlar uchun muhit yaratish va salohiyatni rivojlantirish” loyihasining ahamiyati alohida qayd etildi. Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, jumladan, qonunchilik hujjatlarini mashina o‘qiy oladigan formatga o‘tkazishga qaratilgan “Law as Code” tashabbusi haqida ma’lumot berildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi adliya sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, xususan, adliya tizimini raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Koreya Eksimbanki bilan “Huquqiy boshqaruvni sun’iy intellekt asosida transformatsiya qilish” loyihasini amalga oshirish istiqbollari, jumladan, huquqiy ma’lumotlar bazalarini takomillashtirish, Lex.uz tizimini rivojlantirish hamda idoralararo axborot almashinuvini yanada samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar mazkur loyihalarning o‘zaro uyg‘unligini ta’minlash, ilg‘or Koreya tajribasidan foydalanish, milliy mutaxassislar salohiyatini oshirish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishda hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladilar.

