Sport vaziri xalqaro yalpi majlisda ishtirok etdi
2026-10-26 09:30:00 / Yangiliklar

Yalpi majlis sportning xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy sharoitda davlatlar va sport tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishdagi o‘rniga bag‘ishlandi.
Yalpi majlisda so’zga chiqqan Sport vaziri Adkham Ikramov o‘z nutqida O‘zbekistonda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralash va tayyorlash, shuningdek, sohani raqamlashtirish borasida erishilgan natijalarni ta’kidladi.
Shuningdek, xalqaro sport hamkorligini kengaytirish, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida sportchilar hamda murabbiylar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va musobaqalarni tashkil etish muhimligi qayd etildi.
Tadbir doirasida sport sohasidagi xalqaro hamkorlik istiqbollari, sportni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari hamda xalqaro sport hamjamiyati oldida turgan dolzarb vazifalar keng muhokama qilindi.

