Respublikamizda Voleybol sport turi boʻyicha 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida (U-19) Jahon chempionatini oʻtkazish masalalari muhokama qilindi
2024-10-03 09:10:00 / Yangiliklar
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adxam Ikromov, Oʻzbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi raisi Odil Abduraxmonov, shuningdek Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Bekmurod Abdullayevlar qatnashdilar.
Uchrashuv jarayonida, mamlakatimizda Voleybol sport turi boʻyicha 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida (U-19) Jahon chempionatini 2025-yilda oʻtkazish rejalashtirilib, nufuzli xalqaro tadbirga tayyorgarlik koʻrish va tegishli tashkiliy masalalarini hal etish boʻyicha ishchi guruh tuzildi, birlamchi hamda istiqbolli vazifalar rejalashtirildi.