31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi
2026-11-25 / Voqealar taqvimi

TXTY 2026 – «Ipak yoʻlidagi turizm» – Markaziy Osiyoning sayyohlik yoʻnalishlari, xizmatlari va texnologiyalarini targʻib qilish uchun asosiy B2B platformasi boʻlib, xalqaro turoperatorlar, aviakompaniyalar, mehmonxonalar, kurortlar, sayyohlik texnologiyalari kompaniyalari, investorlar va davlat idoralarini birlashtiradi.
1994-yildan beri TXTY turizm sanoatining yetakchilarini birlashtirib kelmoqda va soʻnggi 30 yil ichida Markaziy Osiyodagi eng yirik xalqaro turizm koʻrgazmasiga aylandi. Koʻrgazma biznes muloqoti, shartnomalar imzolash, yangi loyihalarni ishga tushirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish uchun maydon yaratadi.
TXTY biznes dasturiga global turizm sanoatining yetakchi mutaxassislari va vakillari bilan B2B uchrashuvlar, taqdimotlar, panel muhokamalari va networking sessiyalari kiradi.