O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlik
2026-10-13 15:35:00 / Yangiliklar

Muloqot davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida sport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakatning bu boradagi tajribasini o‘rganish va o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni sportga keng jalb etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
Tashrif doirasida Rashad Mamedov Olimpiya shaharchasidagi Sport vazirligining ma’muriy binosida joylashgan Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi filiali bilan tanishdi. Mehmon muzey ekspozitsiyasidan o‘rin olgan eksponatlar orqali O‘zbekiston sportining yutuqlari, olimpiyachilar va paralimpiyachilarning xalqaro maydonlarda erishgan natijalari haqida ma’lumot oldi.
Tashrif yakunida Rashad Mamedov Faxriy mehmonlar kitobiga o‘zining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi.

