Adliya vaziri Akbar Tashkulov Xalqaro adliya sammitida ishtirok etdi
2026-10-12 10:50:00 / Yangiliklar
Adliya vaziri Akbar Tashkulov Istanbul shahrida 8-9-oktyabr kunlari bo’lib o’tayotgan Xalqaro adliya sammitida ishtirok etdi.

Sammit huquqiy tizimlarda yuzaga kelayotgan zamonaviy muammolarni muhokama qilish, ularning samarali yechimlarini ishlab chiqish hamda xalqaro tajriba almashishga qaratilgan.
Tadbirda turli davlatlarning adliya vazirlari, oliy sud organlari vakillari, xalqaro tashkilotlar, yetakchi olimlar va huquqshunoslar ishtirok etdi.
Sammit doirasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurash, arbitraj, sud-huquq tizimini raqamlashtirish, sun’iy intellektni tartib solish, migratsiya, energetika huquqi hamda yuridik kasblarning kelajagi kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
